Qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart. Bunda shuni inobatga olish lozimki, qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilish uchun shaxs muqaddam valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi talab etilmaydi.