Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha quyi sudlarning faoliyati ustidan nazoratni taʼminlashlari, chiqarilgan sud qarorlarining qonuniyligini va asoslantirilganini sinchiklab tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishlari zarur.