Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 12-band. Egalik huquqi haqidagi aktni va uning asosida berilgan orderni haqiqiy emas deb topish…

Egalik huquqi haqidagi aktni va uning asosida berilgan orderni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar turar joyni imtiyozli asoslarga koʻra xususiylashtirish huquqini beruvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etilganligi, shuningdek turar joyni xususiylashtirish haqidagi masalani hal qilishda mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari, fuqarolarning huquqlari buzilganligi, shu bilan birga turar joyni xususiylashtirish qoidalarini boshqa tarzda buzilishligi huquq beruvchi hujjatni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishini nazarda tutishlari lozim.