Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 17-band. Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga oʻtkazish bilan bogʻliq er-xotinlar…

Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga oʻtkazish bilan bogʻliq er-xotinlar oʻrtasidagi nizoni hal qilishda sudlar Oila qonunchiligi mezonlarini, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 , 24-moddalarini emas, balki “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi 4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi Nizom qoʻllamoqlari lozim.