Sudlar shartnomalarni bekor qilishdan kelib chiqadigan nizolarni turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlardan farqlashlari lozim. FKning 113-moddasiga muvofiq bitim shu kodeksning 115—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandiga koʻra bu qoida 1997-yil 1-martga qadar tuzilgan turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarga ham qoʻllaniladi.