Xususiylashtirilgan va alohida kvartirani tashkil qiluvchi turar joyning umumiy egalik ishtirokchisi hissasini ajratib berishga alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni (oshxona, yoʻlak, sanitariya tarmogʻi va boshqalarni) ham olib berishning va alohida kirish-chiqish yoʻlini jihozlashning texnik imkoniyati mavjud boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda, sud daʼvogarning iltimosiga koʻra, kvartiradan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi mumkin.