Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 25-band. Turar joyga nisbatan davlat orderini haqiqiy emas deb topish, xususiylashtirilgan turar…

Turar joyga nisbatan davlat orderini haqiqiy emas deb topish, xususiylashtirilgan turar joydan oila aʼzosining hissasini ajratish, shartnomalarni haqiqiy va haqiqiy emas deb topish va boshqa daʼvo arizalar boʻyicha davlat boji nizoli mulk yoki uning hissasi qiymatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq undiriladi. Agar daʼvogar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, daʼvoning qanoatlantirilgan qismidan kelib chiqib uning belgilangan miqdori javobgardan davlat foydasiga undiriladi. Taraflarning bitimni rasmiylashtirishda turar joy sotilish qiymatini kamaytirib koʻrsatganliklari aniqlangan hollarda, sud undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdorini bitim boʻyicha haqiqatda toʻlangan summadan kelib chiqib hisoblashi va bitimni tuzish vaqtida toʻlanmay qolgan davlat bojini undirishi lozim.