Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 5-band. Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi…

Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan uylarning buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni toʻlanmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralari qachon ajratilganidan qatʼi nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi. Vorislar qatoriga FKning 1118 , 1135 — 1141-moddalarida belgilangan shaxslar kiradi.