Sudlar turar joylarni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan berilgan daʼvo arizalarni qabul qilishda davlat uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tuman (shahar) hokimining, korxona, tashkilot, muassasa maʼmuriyatining turar joyni xususiylashtirish haqidagi tegishli farmoyishi va egalik huquqini beruvchi davlat orderi borligini tekshirishlari, bunday hujjatlar mavjud boʻlsa, ularni ish materiallariga qoʻshish uchun talab qilib olishlari kerak. Shuningdek, fuqaro turar joyni xususiylashtirish huquqiga ega ekanligi, unga xususiylashtirishning imtiyozli asoslari qoʻllanishi mumkinligi aniqlanishi lozim.