Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Sudlar uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va hokazo shartnomalarni haqiqiy emas deb…

Sudlar uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va hokazo shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrishda shuni eʼtiborga olishlari lozimki, uyni begonalashtirishda, uyning avvalgi mulkdori bilan yordamchi imoratlarni buzish yoki koʻchirib olib ketish haqida kelishilmagan boʻlsa, ular uy bilan birgalikda yangi mulkdorga oʻtadi. Shuni nazarda tutish kerakki, uy bilan bir butunlikni tashkil etuvchi xoʻjalik maqsadida qurilgan har xil imoratlar (omborxona, yozgi oshxona va shu kabilar) yordamchi imoratlar deb tushuniladi.