Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik…

Qonunchilikda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish, shuningdek uyni boʻlish bilan bogʻliq daʼvolar, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qatʼi nazar, sudlarga taalluqli emas, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday daʼvolar arz qilinganda, sud Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shaxsga tegishli davlat organiga ushbu talab bilan murojaat qilish huquqini tushuntirgan holda FPK 124-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatadi. Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun oʻzboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning daʼvosi, agar talab mulk huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan, xususan qurilish materiallariga boʻlgan huquqni eʼtirof etish, uyga kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida berilgan boʻlsa, sudlar tomonidan koʻrib chiqilishini istisno etmaydi.