Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 1-band. Sudlarga tushuntirilsinki, yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi…

Sudlarga tushuntirilsinki, yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos boʻladi. Yarashuv toʻgʻrisida ish yuritish mumkin boʻlgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining 66¹-moddasida tugal keltirilgan boʻlib, uning doirasi kengaytirib talqin etilishi mumkin emas. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida belgilangan.