Tushuntirilsinki, qonunda yarashuv toʻgʻrisidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida, yaʼni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar berilishi mumkin, bundan JPK 583-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar berilishi mumkin.