Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, qonunda sud muhokamasini olib borishning alohida tartibi hamda yarashuv tufayli ishni tugatish masalasini hal etish chogʻida sud aniqlashi shart boʻlgan holatlar doirasi belgilangan (JPK 585-moddasi 5-qismi ). Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yarashuv toʻgʻrisidagi ish jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakilining ishtiroki taʼminlangan holda koʻrilishi shart.