Amaldagi qonunlarda belgilashning boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalar sud tartibida koʻrilishi mumkin emas. Jumladan, quyidagi faktlar sud tartibida aniqlanmaydi: a) haqiqiy harbiy xizmatni oʻtaganlik, partizan otryadida boʻlganlik, janglarda yarador boʻlganlik; b) odamning yoshini belgilash toʻgʻrisidagi; v) oliy oʻquv yurtini, texnikumni, oʻrta maktabni va boshqa oʻquv yurtlarini bitirganlik faktlarini belgilash; g) partiya, kasaba uyushmalari harbiy hujjatlarni, pasport va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni tegishliligi faktlari.