Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻidan oʻtadigan birinchi oʻrinbosarga, oʻrinbosarlarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori katta yordamchilar, maxsus topshiriq boʻyicha yordamchilar va yordamchilarga ega boʻladi. Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari, maxsus topshiriq boʻyicha yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilari va katta tergovchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.