Prokuratura toʻgʻrisida 29-modda. Prokurorning yozma ogohlantiruvi

Fuqarolarning qonun tomonidan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar boʻlganida huquqbuzarlikning oldini olish maqsadlarida mansabdor shaxslar va fukarolar prokuror tomonidan qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaslik xususida yozma ravishda ogohlantiriladilar hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlik tushuntiriladi. Ogohnoma toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi tashkilotga, shuningdek ogohnoma chiqarilgan shaxsning ishlash, oʻqish yoki yashash joyi maʼmuriyatiga yoxud jamoat birlashmalariga maʼlum qilishga haqlidir.