Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlari, ularning oʻrinbosarlari, harbiy va transport prokurorlari, shuningdek shaharlar, tumanlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, fuqarolarni qamoqqa olishga ruxsat berish huquqiga egadir. Prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida jinoyat-protsessual qonunlarda nazarda tutilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklovchi xatti-harakatlarga ham ruxsat beradilar.