Prokuratura toʻgʻrisida 36-modda. Sud qarorlariga nisbatan kassatsiya tartibida protest keltirish

Prokuror ishning koʻrib chiqilishida ishtirok etganligi yoki etmaganligidan qatʼi nazar, ushbu ish xususida sudning chiqargan hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari qonunga hamda ish yuzasidan toʻplangan materiallarga qay darajada muvofiq kelishini tekshiradi. Prokuror jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari boʻyicha sudning chiqargan gʻayrihuquqiy qarorlari ustidan yuqori turuvchi sudga protest keltiradi.