Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi va Oliy xoʻjalik sudining Plenumi majlislarida, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosatining majlislarida ishtirok etadilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar prokurorlari va Toshkent shahri prokurori viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi rayosatlarining, tegishli xoʻjalik sudlari hayʼatlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.