Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari: quyi pogʻonadagi prokurorlar yuqori pogʻonadagi prokurorlarga boʻysinish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar; nazoratni va oʻz vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qatʼiy rioya etib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysingan holda amalga oshiradilar; qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya etilishini taʼminlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan tegishli boʻlishiga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini, hokimlarini xabardor etadilar; fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek davlat siri hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada oshkora ish koʻradilar.