Prokuror va prokuratura tergovchisi davlat himoyasida boʻlib, xizmat daxlsizligiga egadirlar. Prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish va jinoiy ishni tekshirish faqatgina prokuratura idoralarining huquq-vakolatlariga kiradi. Prokuratura xodimlariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik va nojoʻya xatti-harakat uchun intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashga doir masala yuqori pogʻonadagi prokuror tomonidan hal etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan roʻyxati belgilanadigan prokuror-tergov xodimlari oʻq otar qurolini olib yurish huquqiga egadirlar.