Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 11-modda. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish

Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat qimmatli qogʻozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), oʻrtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.