Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qoʻshib olib borilishi mumkin emas. Depozitariyning professional faoliyatini birga qoʻshib olib boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish va qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishga doir qoʻshimcha cheklovlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.