Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 25-modda. Depozitariy faoliyati

Qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs depozitariydir. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi depozitariylar tizimi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylarni oʻz ichiga oladi. Depozitariylar tizimida qimmatli qogʻozlar harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Depozitariylar: manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqishlari imkoniyatini taʼminlashi; saqlash uchun qabul qilib olingan qimmatli qogʻozlarning but saqlanishini taʼminlashi; har bir deponentga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi; qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; depo hisobvaraqlari holatiga oʻzgartishlar kiritishga asos boʻluvchi birlamchi hujjatlarni va depozitar operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni oʻz arxivida saqlashi; depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma berish orqali tasdiqlashi; depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari a