Qimmatli qogʻozlar chiqarilish shakliga koʻra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi. Aksiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar uchun chiqariladi.