Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 44-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining axborotni oshkor qilishi

Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarni ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzi tashkil qilgan elektron axborot-maʼlumot tizimlari orqali quyidagilar haqida xabardor qilishi shart: qimmatli qogʻozlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan chiqarilishlari haqida hamda chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalasi toʻxtatib qoʻyilgan hamda tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishlari toʻgʻrisida; qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida; qimmatli qogʻozlar bozorida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun mazkur organ tomonidan javobgarlik choralari qoʻllanilgan emitentlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan javobgarlik choralarining turlari toʻgʻrisida; oʻz daʼvolari boʻyicha chiqarilgan sud qarorlari toʻgʻrisida. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarga va qimmatli qogʻozlar egalariga ushbu Qonunga muvofiq axborot taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlar doirasida haq olishi mumkin.