Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 49-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozoridagi cheklovlar

Qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi: emitentga yoki qimmatli qogʻozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qogʻozlarni emissiya qilish; chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yoki toʻxtatib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama qilish va taklif etish; qimmatli qogʻozlar egasining oʻz depo hisobvaragʻida boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlanguniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi; qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish; ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek uni toʻldirish yoki emitentning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish; obligatsiyalarning chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan oʻzgartishlar kiritish; qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlarini undirish; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno: a) davlat qimmatli qogʻozlarini emissiya qilish; b) aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlariga oʻzlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qogʻozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish; v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarni olishga qonun hujjatlari bilan cheklovlar joriy etish. Aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tijorat banklari korporativ obligatsiyalarni quyidagi shartlarga rioya etgan holda: auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining obligatsiyal