Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar investor oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar boʻladi: qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun; qimmatli qogʻozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun; qimmatli qogʻozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qogʻozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qogʻozlarning reklamasi uchun; ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun; narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarga doir narxlar toʻgʻrisida, qasddan buzib koʻrsatilgan axborot, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligi fakti sud tartibida eʼtirof etiladi; investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun. Depozitariy, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, quyidagi hollarda ham oʻz deponentlari oldida javobgar boʻladi: hujjatli qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli