Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 64-modda. Ushbu Qonunni kuchga kiritish tartibi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada boʻlgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar depozitariyga topshirilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatsiz shaklga oʻtkazilishi kerak. Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada boʻlgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalarga doir bitimlar ular depozitariyga topshirilganidan keyingina amalga oshiriladi. Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning hujjatsiz shaklga oʻtkazilishigacha boʻlgan davrda ularning egalari reyestrlarini shakllantirish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.