Raqobat toʻgʻrisida 10-modda. Shaxslar guruhi

Quyidagi shartlardan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq boʻlgan, yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi: ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi; ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi oʻz ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi (ega boʻladi); ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda ayni bir yuridik shaxs ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi oʻz ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi (ega boʻladi); ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxs hamda uning yaqin qarindoshlari kiradi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining 50 foizidan ortigʻini ayni bir jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari tashkil etadi; ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki ushbu yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻladi; ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda