Raqobat toʻgʻrisida 18-modda. Ustun mavqeni va ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlash

Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi hamda taqiqlanadi: tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish; isteʼmolchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga boʻlgan huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyish; tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash; shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni (bundan qonun hujjatlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun isteʼmolchilar qarzdorligining oldini olishga qaratilgan qoidalar mustasno), shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish; tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish; shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilan rozilik berish; tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishi uchun toʻsiqlar yaratish; narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qoʻlla