Raqobat toʻgʻrisida 24-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobatga taʼsirini cheklash

Davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishi davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) bevosita yoki bilvosita ishtirok etish orqali, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasida davlat sherigi sifatida ishtirok etish orqali amalga oshiriladi. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi: besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonani va uning affillangan shaxslarini tashkil etishga; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan sohalarda ushbu organlar va boshqa tashkilotlar tomonidan ular ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga; yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki oʻziga mazkur huquq berilgan yoxud ustun mavqega ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxona tomonidan faoliyati muassisning tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanishga bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan, ushbu korxonaga affillangan shaxslarni tashkil etishga, bundan mazkur affillangan shaxslarning ularni raqobatchilar bilan teng faoliyat shart-sharoitlari bilan taʼminlagan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etilishi hollari mustasno; davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda oʻz asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishiga; davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yoki undagi ulushni olishiga. Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻr