Raqobat toʻgʻrisida 30-modda. Vakolatli davlat organining vakolatlari

Vakolatli davlat organi: 1) raqobatni himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi; 2) tovar yoki moliya bozoridagi raqobat va iqtisodiy konsentratsiyaning holatini, ustun mavqening, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlarining, shuningdek ustun muzokara kuchining mavjudligini aniqlaydi; 3) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishini tekshiruvdan oʻtkazib, bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi; 4) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular boʻyicha ishlar qoʻzgʻatadi va ishlarni koʻrib chiqadi, ularning natijalariga koʻra raqobatni tiklash, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) ixtiyoriy ravishda qaytarish haqida qaror qabul qiladi; 5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga va jismoniy shaxslarga raqobatni tiklash, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish haqida ijro etish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan taqdimnomalar beradi; 6) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini va boshqa tashkilotlarni, yuridik shaxslarning birlashmalarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun tegishli javobgarlikka tortadi; 7) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegis