Raqobat toʻgʻrisida 31-modda. Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi

Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan oʻzaro yordam toʻgʻrisida, raqobatni cheklaydigan harakatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash haqida, raqobat sohasida axborot almashishni amalga oshirish toʻgʻrisida memorandumlar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning monopoliyaga qarshi organlariga xabarnomalar, axborot olish uchun soʻrovlar yuboradi, ular bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadi, axborot almashishni amalga oshiradi.