Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari hamda boshqa jismoniy shaxslar raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan taqdirda: vakolatli davlat organining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarishi yoki taqdimnomasini koʻrib chiqishi; yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi; asossiz ravishda olingan daromadni qaytarishi; jarimalarni toʻlashi shart. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.