Raqobat toʻgʻrisida 40-modda. Vakolatli davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan shikoyat qilish

Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakolatli davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Vakolatli davlat organining qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi. Vakolatli davlat organining qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini tegishincha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga, yuqori turuvchi organning yoxud mansabdor shaxsning qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf-xatarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) mustasno.