Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdor boʻlib, u oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Vakolatli davlat organining markaziy apparati va hududiy organlari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.