Reklama toʻgʻrisida 13-modda. Reklama tayyorlovchining va tarqatuvchining huquq hamda majburiyatlari

Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklamaga oid faoliyatdagi oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor konyunkturasidan kelib chiqib mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish huquqiga ega, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi: reklama beruvchidan ushbu Qonun 12-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda tegishli litsenziyani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni va muvofiqlik sertifikatini talab qilishi; reklamaga oid faoliyatning boshqa subyektlaridan maxfiylik shartlari asosida olingan axborotning oshkor qilinmasligini taʼminlashi; vakolatli davlat organining soʻroviga koʻra reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallarni u belgilagan muddatda taqdim etishi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining soʻroviga koʻra tashqi reklama obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq hujjatlar hamda materiallar taqdim etishi shart. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.