Reklama toʻgʻrisida 14-modda. Reklamaga oid faoliyat subyektlarining axborot taqdim etish boʻyicha majburiyati

Reklamaga oid faoliyat subyektlari vakolatli davlat organining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan talabiga koʻra ishonchli hujjatlarni hamda ogʻzaki yoki yozma shakldagi tushuntirishlarni, video- va audioyozuvlarni, shuningdek ushbu organlar mazkur Qonunda nazarda tutilgan vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni bunday talab kelib tushgan kundan eʼtiboran yetti kunlik muddatda taqdim etishi shart.