Reklama toʻgʻrisida 15-modda. Reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallarni saqlash muddatlari

Reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallar reklamani tayyorlashga, tarqatishga (joylashtirishga), reklamaning natura holidagi va pulda ifodalangan miqdoriga, bosma materiallar va nashr etilgan materiallarning (reklamaning), namunalarning, video- va audiomateriallarning, shuningdek yozib olingan boshqa vositalarning miqdoriga oid shartnomalardan iboratdir. Reklamaga oid faoliyat subyektlari reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallarni yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shu jumladan ularga kiritiladigan keyingi barcha oʻzgartishlarni reklama oxirgi marta eʼlon qilingan (uzatilgan, tarqatilgan) kundan eʼtiboran uch yil mobaynida (bundan qonunchilikda reklamaga doir hujjatlar va materiallarni saqlashning uzoqroq muddatlari nazarda tutilgan hollar mustasno), reklamaga nisbatan nizo yuzaga kelgan taqdirda esa ushbu nizo qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal qilinguniga qadar saqlashi shart.