Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiisteʼmol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi: voyaga yetmaganlarning isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni isteʼmol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish; xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan oʻz sogʻligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish; voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga daʼvat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash; haqiqiy yoki oʻyinchoq quroldan foydalanish; ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga boʻlgan ishonchiga putur yetkazish; voyaga yetmaganlar olishi yoki isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan telekanallarda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.