Reklama toʻgʻrisida 19-modda. Reklamada homiylik va sheriklik

Telekoʻrsatuvlarni, radioeshittirishlarni yaratishda, televideniye va radioda namoyish etiladigan konsert-tomosha, sport tadbirlarini hamda boshqa tadbirlarni tashkil qilishda homiylar va sheriklar ishtirok etishi mumkin. Namoyish qilinayotgan telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlarning homiylari va sheriklari toʻgʻrisidagi axborot dastur boshida hamda oxirida qisqa va aniq koʻrsatilishi kerak. Homiyning nomi (nomlanishi) yonida uning tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) koʻrsatilishi mumkin. Homiylik va sheriklik belgilari “Dastur homiysi” va (yoki) “Dastur sherigi” shaklida homiy va (yoki) sherik haqidagi qaydni oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin. Telekanallarda homiylik va sheriklik belgilarining xronometraji besh soniyadan, radiokanallarda esa yigirma soniyadan oshishi mumkin emas.