Reklama toʻgʻrisida 2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi reklama tayyorlangan joydan qatʼi nazar, agar mazkur reklama Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga va tarqatishga qaratilgan boʻlsa, reklamaning aylanishi sohasidagi barcha munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: 1) saylovoldi tashviqoti materiallariga; 2) oshkor etilishi yoki tarqatilishi yoxud reklamadan foydalanuvchiga yetkazilishi qonunchilikka muvofiq majburiy boʻlgan axborotga; 3) tovarni bozorda ilgari surish asosiy maqsadi boʻlmagan va ijtimoiy axborot hisoblanmaydigan maʼlumot-axborot materiallariga hamda tahliliy materiallarga (ichki va tashqi bozorlarning sharhlariga, ilmiy tadqiqotlar hamda sinovlar natijalariga); 4) reklama xususiyatidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olmagan peshlavhalar va koʻrsatkichlar axborotiga; 5) jismoniy yoki yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan eʼlonlariga; 6) tovarda yoki uning oʻramida joylashtirilgan, tovar, uni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki eksport qiluvchi toʻgʻrisidagi axborotga; 7) tovarda yoki uning oʻramida joylashtirilgan va boshqa tovarga taalluqli boʻlmagan tovar bezagining har qanday qismlariga; 8) ilm-fan, adabiyot yoki sanʼat asarlariga uzviy ravishda uygʻunlashtirilgan va oʻz holicha reklama xususiyatidagi maʼlumotlar hisoblanmaydigan, tovar, uni individuallashtirish vositalari, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi toʻgʻrisidagi eslatmalarga; 9) ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlar haqida tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning va (yoki) sotuvchilarning saytlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylashtirilgan Internet jahon axborot tarmogʻidagi axborotga, agar koʻrsatilgan maʼlumotlar saytga yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga kiruvchilarni realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ularning assortimenti, ulardan foydalanish qoidalari va boshqa xususiyatlar (xossalar) toʻgʻrisida xabardor qilish uchun moʻljallangan boʻlsa; 10) Internet jahon axborot tarmogʻining