Quyidagi dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi: faqat shifokorning retsepti boʻyicha tarqatiladigan dori vositalarini; tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini; Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyotda qoʻllanish uchun ruxsat etilmagan dori vositalarini; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida davlat roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini. Dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanadi: taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi koʻrinishi shifokorlarning tashqi koʻrinishiga oʻxshash shaxslarning ishtirok etishi. Mazkur talab foydalanuvchilari faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari boʻlgan reklamaga, tibbiyot yoki farmatsevtika koʻrgazmalari, seminarlari, konferensiyalari va boshqa shunga oʻxshash tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tarqatiladigan reklamaga, shuningdek bosma nashrlarga joylashtirilgan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi; olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining taʼsiri haqidagi hikoyalaridan iborat boʻlgan tavsiyalardan foydalanish; kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson organizmiga taʼsiri natijasida inson organizmida yuz beradigan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi videolavhadan, tasvirdan yoki vizual namoyishdan foydalanish. Mazkur talab taʼsiri klinik jihatdan tasdiqlangan, inson organizmidagi dori vositasini qabul qilish yoki isteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan va inson organizmidagi tasvirlanayotgan oʻzgarishlar jarayoni dori vositasining inson organizmiga klinik jihatdan tasdiqlangan taʼsirini aniq koʻrsatadigan oʻzgarishlar haqidagi tasvirga yoki vizual namoyishga taalluqli emas; dori vositalarini haddan ziyod va notoʻgʻri ishlatishga undash; shifokor maslahatini olmasdan mustaqil ravishda davolanish yoki jarrohlik aralashuvini amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisida taassuro