Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Reklama beruvchi reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikning reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborot mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar boʻladi. Reklama tayyorlovchi reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikning reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi. Reklama tarqatuvchi reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikning reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga doir qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi.