Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: reklamaning aylanishi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; tashqi reklamani tayyorlash va joylashtirish tartibini belgilaydi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini aniqlash tartibini belgilaydi; Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.