Saylov kodeksi 13-modda. Markaziy saylov komissiyasiga aʼzolik

Yigirma besh yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaro Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin. Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod etib, Senat aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza berganda; u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda; qonunga koʻra u Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shugʻullanib boʻlmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda; u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganda; u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzb