Tuman, shahar saylov komissiyasi: tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi; tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylov okruglarining roʻyxatini eʼlon qiladi; uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; agar uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni roʻyxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi; deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni taʼminlaydi; nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi; uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, oʻz muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini taʼminlaydi; tegishli tuman yoki s