Saylov kodeksi 20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari

Hududiy saylov komissiyasi: tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi; tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi; xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar soni, saylov okruglarining roʻyxati hamda okrug saylov komissiyalari joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi; tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi; tegishli tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi; yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi; saylov uchastkalarini tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi; saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qiladi; uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi; tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, agar ularning qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi; xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni belgilangan tartibda roʻyxatga oladi va ular haqidagi maʼlumotlar rasmiy eʼlon qilinishini tashkil etadi; roʻyxatga olingan nomzodlarga guvohnomalar beradi; nomzodlar va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta